So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

08 may 18:39
Yangiliklar

Futbol, Qiziqarli!

Bir muhabbat tarixi. Messi va Antonella qanday tanishgan?

Ko'pchilikka Messi va Antonella qanday tanishib qolgani, albatta, qiziq. Rokucco Lionelning bolalikdagi do'sti va 2017 yildan beri rafiqasi...

O'zining intiqlik bilan kutilgan chempionligini qo'lga kiritganidan so'ng Lionel Messi hordiq chiqarishda davom etmoqda. Bu safargi sayohatni Messi o'z rafiqasi bilan tug'ilib o'sgan shahri Rosarioga amalga oshirdi. Ushbu sayohatdan eng esda qolarli voqea ular shaharga kirib kelganida ro'y berdi. 

O'shanda muxlislar qurshoviga kirib kelgan Messilar oilasining mashinasi rulida Antonella (Messining rafiqasi) o'tirgandi. Qayd etilishicha, Antonella finaldan keyin darhol Rosarioga uchib ketgan, Leo esa dastlab Buenos-Ayresga borib u erda, chempionlik paradini o'tkazgan. 


Futbolchining turmush o'rtog'i va uch nafar farzandini uning onasi Mariya Kuchittini kutib olgan. Messilar oilasi Rodjestvoni Rosarioda nishonlash niyatida. Hozircha chempionning Parijga qachon qaytishi aniq emas.

Ko'pchilikka Messi va Antonella qanday tanishib qolgani, albatta, qiziq. Juftlikni 7 yoshligida "Nyuells Old Boyz"dagi Leoning jamoadoshi tanishtirib qo'ygan. Rokucco Lionelning bolalikdagi do'sti va 2017 yildan beri rafiqasi. Hozirda ularning 3 nafar farzani mavjud: Tiago, Matteo va Kiro.

2000 yil boshida Messi Ispaniyaga yo'l olgan, Antonella esa Argentinada qolib, dietolog sifatida tahsil olgan hamda ayollar fitnes markazida ishlagan. Orada ular bir-biri bilan uchrasha olmay yurishdi faqat qo'ng'iroq orqali onda-sonda muloqot qilishardi. Faqatgina 2004 yilga kelib, juftlik doimiy uchrashib turishni boshladi. Bunga sabab Rokucconing yaqin dugonasi avtohalokat tufayli vafot etgani bo'ldi. Leo sevgilisining og'ir damida unga dalda bo'lishni xohlagandi.

SHuni ham aytib o'tish lozimki, Messi kelishidan oldin Antonella uch yildan beri bir yigit bilan uchrashib yurar edi. Ammo Leo qaytishi bilanoq, u o'sha yigitdan voz kechdi. Keyinchalik Rokucconing sobiq sevgilisi mahalliy nashrlarga bergan intervyusida shunday degandi: "To'g'ri, u meni tark etdi. Biroq, qandaydir chol uchun emas, Messi uchun tark etdi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing