22 jan 09:37
Yangiliklar
Futbol
Bir necha yosh futbolchi MYUda Ronaldu bilan til topisha olmayapti
Krishtianu Ronalduning jamoadoshlari bilan munosabati ideal holatda emas.
Bir necha yosh futbolchining fikricha, portugaliyalik hujumchi bilan til topishish qiyin.
Qayd etilishicha, hatto ingliz tilida gapirishda qiynaladigan Edison Kavani ham Krishtianuga qaraganda jamoadagilarga yaxshiroq qo'shilib ketgan.
Bazilar esa Ronaldu o'z vatandoshlari Brunu Fernandesh va Diogu Dalot bilan yaqin munosabati, jamoa kiyinish xonasidagi birdamlikka tasir qildi deb hisoblaydi.
Bundan tashqari, Ronalduning "yoshlar tanqidni qabul qila olmaydi" mazmunidagi fikri jamoaning bazi futbolchilariga yoqmagan.
Havola :
Manba : The Athletic
Fikrlar