So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

30 noy 10:30
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Bir yil o'tib Argentina Olimpiadasida O'zbekiston delegaciyasiga kumush medal qo'shildi

Dolera Davronova 2018 yil Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi uchinchi yozgi Olimpiya o'yinlarida terma jamoamiz hisobiga medal keltirgan sportchilarimizdan biri.

Og'ir atletika bo'yicha +63 kilogramm vazn toifasida qatnashgan qizimiz musobaqada bronza medaliga sazovor bo'lgan. 

Mazkur bahsda tailandlik Supatchanin Xamxaeng barcha raqibalirini katta farq bilan ortda qoldirib, oltin medalga ega chiqqan edi. Aniqlanishicha, ushbu sportchi musobaqadan keyin doping uchun topshirgan tahlillari ijobiy natija bergan. Endilikda tailandlik atletning natijasi yo'qqa chiqarildi. Bu esa Dolera Davronovaning kumush medaliga ega chiqishini anglatadi. 

Eslatib o'tamiz, Davronova mazkur musobaqa dast ko'tarishda 92 kg, siltab ko'tarish mashqida 125 kg va ikki kurash bo'yicha esa 217 kilogramm natija qayd etgan. Xalqaro va Osiyo og'ir atletika federaciyalarining oldinda turgan Ijroqo'm yig'ilishlaridan birida mazkur voqea yuzasidan rasmiy bayonot beriladi va sportchimizga o'smirlar Olimpiya o'yinlarining kumush medali topshiriladi. 

SHu tariqa Buenos-Ayres o'smirlar Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi jamg'argan medallar 5 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronzani (bundan avval 5 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza edi) tashkil etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing