So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

16 avg 11:23
Yangiliklar

Tennis

Birgina Istomin Palembangga uchmadi, nima uchun?

Xabar berganimizdek, bugun 34 kishidan iborat sportchilarimiz delegaciyasi Kuala-Lumpurdan Palembang shahriga etib kelishdi.

Tarkibdan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Samug' Obidov boshchiligidagi tennischilarimiz ham joy olishgan. Erkaklar o'rtasidagi bahslarda Denis Istomin, Jo'rabek Karimov, Sanjar Fayziev va Farrux Do'stov ishtirok etadi. 

Qizlarimizdan esa Iroda To'laganova sardorligidagi Sabina SHaripova, Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova medallar shodasi uchun kortlarga chiqishadi. Medallar erkaklar va ayollar o'rtasidagi yakkalik, juftlik hamda mikst, yani aralash juftlik bo'yicha o'ynaladi. 

Yani, birgina tennisning o'zidan 5ta medal qo'lga kiritsak bo'ladi. Albatta, oltinlar ko'proq bo'lishini istaymiz. Lekin asosiy umidimiz hisoblangan Denis Istominni Kuala-Lumpur aeroporti nazoratchilari Palembangga uchishini istashmadi. 

Gap shundaki, uning pasportidagi kirish va chiqishni ro'yxatdan o'tkazuvchi muhr qo'yiladigan varaqlari to'lib qolgan. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas. Denis har hafta yangi bir turnirda ishtirok etadi. 

Aynan shu kichik sabab bilan Istominning jamoamiz bilan birga uchishiga yo'l qo'yishmadi. Varaqda muhr sig'adigan joy ham bor edi. Ammo, ular qaytishda nima bo'ladi, degan vajni ilgari surishdi. 

Xullas, mamlakatimizning birinchi raketkasi kunning ikkinchi yarmidagi reys bilan Palembangga etib kelishi kerak. Har holda mutaxassislarimiz shu masalada shug'ullanishyapti. Tez orada Istomin tarkibga kelib qo'shiladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing