08 iyu 16:25
Yangiliklar
Kamondan otish, Parij-2024
Birinchi bor Olimpiadada ishtirok etadigan kamonchilarimiz Parijga jo'nab ketdi
Tarixda birinchi marta Olimpiada yo'llanmalarini qo'lga kiritgan kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Franciya poytaxtiga yo'l oldi.
Merganlarimiz Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov u erda 20 iyulga qadar tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib boradi.
Hamyurtlarimiz bo'lajak bahslarda yakkalik va mikst dasturida ishtirok etishadi. Mazkur sport turidagi bellashuvlar 25 iyul – 4 avgust kunlari bo'lib o'tadi.
Avvalroq, bokschilarimiz ham Parijga jo'nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar