So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

12 may 15:30
Yangiliklar

Boshqalar

Birinchi bor o'q otish sportida yosh merganimiz Jahon kubogida sovrindor bo'ldi

SHu kunlarda Germaniyaning Zul shahrida o'q otish sporti bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon kubogining bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Quvonarlisi, unda yosh sportchimiz ushbu darajadagi musobaqada ilk bor shohsupaga ko'tarildi.

Medal yigitlar o'rtasida 10 metr masofaga to'pponchadan otish dasturida Muhammad Kamolov tomonidan qo'lga kiritildi. Hamyurtimiz faqatgina hindistonlik sportchilardan pastroq natija qayd etdi. Mazkur dasturda 70 sportchi saralash bosqichida bahslarga kirishgan edi. Final yo'llanmasini qo'lga kiritgan 8 mergan orasida Muhammad Kamolovdan tashqari boshqa bir vakilimiz Veniamin Nikitin ham medallar uchun kurashdi. Nikitin finalda sakkizinchi natijani qayd etdi.

O'q otish bo'yicha yoshlar o'rtasida Jahon kubogi

Yigitlar, 10 metr, to'pponcha:

1. SHiva Narval (Hindiston)

2. Sarabjot Singx (Hindiston)

3. Muhammad Kamolov (O'zbekiston) ...

8. Veniamin Nikitin (O'zbekiston).

O'zbekiston o'q otish sporti federaciyasining malum qilishicha, bu yosh merganlarimizning Jahon kubogi bosqichlarida qo'lga kiritgan ilk medali sifatida yodda qolmoqda. Bungacha kattalar o'rtasidagi Jahon kubogida 2 bora (1999 va 2008) shohsupaga ko'tarilganmiz.

Zuldagi musobaqada dunyoning 50 davlatidan 516 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bugun ham bir qator dasturlarda terma jamoamiz vakillari medallar uchun kurash olib boradilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing