So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

30 okt 15:15
Yangiliklar

Futbol

Birozdan so'ng “Mashal” - “Paxtakor” o'yini boshlanadi

Birozdan so'ng, aniqrog'i soat 15:30da Muborak shahrida oliy liganing 27-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv boshlanadi.

Unda “Mashal” jamoasi amaldagi mamlakat chempioni “Paxtakor”ni qabul qiladi. 26-turda “Obod”dan ustun kelgan “Mashal” ayni paytda 8-o'rinni egallash uchun kurashga kirishgan.

Jamoa o'z maydonida yaxshi o'yin namoyish etadi. Muborakdagi bahsni mezbonlardan Abbos SHodmonov, mehmonlardan Jamshid Iskanderov diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborishadi.

Qarama-qarshilik

Oliy ligada jamoalar hozirga qadar 31 uchrashuvda to'qnash kelishgan. “Paxtakor” 22, “Mashal” 4 o'yinda zafar quchgan. 5 bahs durang bilan yakunlangan. 62 to'p kiritgan “sherlar” 20 bor darvozadan to'p olib chiqishgan. Muborakdagi bellashuvlarning 8tasida toshkentliklar, 3tasida mezbonlar g'olib bo'lgan. 4 o'yinda durang qayd etilgan.

O'yin rasmiylari

Muborakdagi uchrashuvni Olim Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. U joriy mavsum oliy ligada “Paxtakor”ning uch o'yinini boshqardi. “Qo'qon-1912” va “Navbahor”dan ustun kelgan “Paxtakor” “Buxoro” bilan durang o'ynagan.

“MASH'AL” – “PAXTAKOR”

Hakamlar: Olim Tolibjonov (Toshkent), Nabi Ro'zimov (Toshkent), Vladlen Lushin (Guliston), Elyor Tursunov (Buxoro).

Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent).


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing