So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

02 iyu 21:20
Yangiliklar

Boshqalar

Biryo'la ikkita Respublika oliy sport mahorati maktabiga yangi rahbarlar tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan Xolmatov Komil Turniyazovich Suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga direktor etib tayinlandi.

Komil Xolmatov 1966 yilning 7 may sanasida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug'ilgan. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida hamda Respublika pedagogika ilmiy tekshirish instituti (aspirantura)da tahsil olgan.


Mehnat faoliyatini esa Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasida boshlagan. So'ngra Respublika Baynalminal madaniyat markazi ish boshqaruvchisi, Xalq talimi vazirligi O'zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tashkiliy va kadrlar bo'limi boshlig'i, Xalq talimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi Qashqadaryo viloyati filiali direktori, O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti Milliy va Xalqaro kurash turlari kafedrasi o'qituvchisi, O'zbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati mintaqaviy kengashi xodimi, sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi yo'riqchi-uslubchisi, suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sporti mahorati maktabi direktori, 2018 yildan hozirgi vaqtga qadar sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

SHuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan Yusupov Azimjon Radjapovich sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabiga direktor etib tayinlandi.

Azimjon Yusupov 1976 yilning 13 aprelida Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumanida tug'ilgan. Toshkent irrigaciya va qishloq xo'jaligini mexanizaciyalash injenerlari institutida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini shu ilm dargohida talabalar kasaba uyushmasining qo'mita raisi sifatida boshlagan. 2004 yildan Toshkent irrigaciya va melioraciya instituti kasaba uyushmasi qo'mita raisi, so'ngra Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti moliya va iqtisod ishlari bo'yicha prorektori, 2010-2014 yillarda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik licey direktori, Respublika Manaviyat va marifat markazi huzuridagi «Manaviyat targ'ibotchisi» nodavlat talim muassasasi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.

2019 yil 11 yanvardan Respublika Manaviyat va marifat markazi rahbarining manaviy-marifiy targ'ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatib kelayotgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Komil Xolmatov hamda Azimjon Yusupovlarga masuliyatli lavozimlarda omad tilab qoladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing