So’nggi yangiliklar

15:50"Челси" Энцо Фернандеснинг эҳтимолий трансферига захира вариантларни топиб қўйди 0 15:22Мераб Двалишвили: "Мен барча доғистонликларни ҳурмат қиламан, фақат бир кишидан ташқари" 0 15:14Расман! Фурқатбек Ёқубов Mangu Лигасининг илк чемпионлик камари учун жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:55"Тайёрман!". Ҳасанбой Дўсматов Бибоссиновга қарши жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 14:28Бобур Қурбонов Prime FL камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил маълум + ПОСТЕР 0 14:04"Атлетико" Альваресни "Арсенал"га қанчага сотишга тайёрлиги маълум 0 13:39Таэквондочиларимиз "Taiyuan 2026 World Taekwondo Women’с Open Championships" Очиқ чемпионатида қатнашади 0 13:12Яхши хабар! Достон Бозоров Али Абдел-Азиз билан келишувга эришди 0 12:39Шара Буллетнинг Москва турниридаги янги рақиби маълум бўлди + ПОСТЕР 0 12:13"Шокдан ҳам баттар". УЕФА раҳбари Чеферин ЖЧда Балогун билан боғлиқ жанжалга муносабат билдирди 0 11:47Ислам Махачев: "Олдинда учта томошабоп ва оғир жанг кутиб турибди" 0 11:19Полина Кудерметованинг US Open 2026 саралашидаги учрашуви 68 дақиқа давом этди 0 10:49Мирафзал Ахтамов ва яна икки вакилимиз Дубайдаги ММА турнирида иштирок этади + ПОСТЕР 0 10:11Суперлига. Бугун учта қизиқарли учрашув бор 0 09:38Махачев: "Гэрри менга жиддий жанг таклиф қилди, деб бўлмайди" 0

03 may 10:53
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Bishkekda Osiyo o'yinlari tayyorgarligiga bag'ishlangan forum o'tkazilmoqda

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Malumki, Osiyo o'yinlari nafaqat qita miqyosida, balki jahon sport olamida ham katta voqelik hisoblanadi.

Bu safargi musobaqa avgust oyida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo'lib o'tadi. O'yinlar 1951 yildan buyon Osiyo mamlakatlari sportchilari ishtirokida har to'rt yilda bir marta o'tkaziladi. Musobaqa Osiyo Olimpiya Kengashi shafeligida tashkil qilinadi.

Ayni kunlarda Bishkek shahrida G'arbiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ushbu muhim musobaqaga tayyorgarlik masalalariga bag'ishlangan forum o'tkazilmoqda. Tadbir Qirg'iziston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidentining tabrik so'zlari bilan boshlandi.

Mazkur forum kun tartibidan shuningdek, Milliy olimpiya qo'mitalarining Olimpiada-2020 ga ko'rayotgan tayyorgarligi, federaciyalar va sportchilar bilan ishlash, ommaviy axborot vositalarining ishi va ularning Osiyo o'yinlardagi roli kabi mavzular ham o'rin olgan.

Forum ishtirokchilari Osiyo o'yinlari uchun delegaciya tarkibini tasdiqdan o'tkazadilar, shuningdek, ularga Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining yangi qonun-qoidalari tushuntiriladi. Forum davomida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari va 2020 yili Tokioda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlariga bog'liq turli masalalar ham ko'rib chiqiladi.

Bundan tashqari, forum doirasida 500 nafar maktab o'quvchisi ishtirokida «Fun Run» yugurish bahslari, Olimpiada-2020 tashkiliy qo'mitasining taqdimoti ham bo'lib o'tadi.

Ushbu forum Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi va Olimpiya birdamligi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, unda O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Afg'oniston, Iroq, Eron, BAA, Qatar, Yaman, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Falastin, Ummon, Bahrayn va boshqa mamlakat vakillari ishtirok etishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing