30 may 09:51
Yangiliklar
Blicda chempion bo'lgan Abdusattorov bugun klassik yo'nalishni Giriga qarshi bahs bilan boshlaydi
Mukofot jamg'armasi 2 500 000 Norvegiya kronasini (taxminan 225 ming AQSH dollari) tashkil etuvchi mazkur turnirda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Kecha musobaqa doirasida o'tkazilgan blic bahslarida Nodirbek 9 imkoniyatdan 6 ochko to'plab, turnir chempioniga aylandi.
Abdusattorov Magnus Karlsen (Norvegiya), Alirizo Firudja (Franciya), Xikaru Nakamura (AQSH), Anish Giri (Niderlandiya), Uesli So (AQSH), Fabiano Karuana (AQSH), SHaxriyor Mamedyarov (Ozarbayjon) singari taniqli grossmeysterlarni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Bugun Norvegiya turnirila klassik bahslar boshlanadi. Rapid yo'nalishida jahon chempioni hisoblangan Nodirbek 1-turda oq donalarda niderlandiyalik Anish Giri (2768) bilan hisob-kitob qiladi.
1-tur juftliklari:
Alirizo Firudja (Franciya, 2785) - Gukesh (Hindiston, 2732)
SHaxriyar Mamedyarov (Ozarbayjon, 2738) - Aryan Tari (Norvegiya, 2642)
Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2731) - Anish Giri (Niderlandiya, 2731)
Fabiano Karuana (AQSH, 2764) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2853)
Uesli So (AQSH, 2760) - Xikaru Nakamura (AQSH, 2775)
Fikrlar