07 mar 08:01
Yangiliklar
BNP Paribas Open. Birinchi raketkamiz dunyoning to'rtinchi raketkasiga qarshi kortga chiqdi
Xabar berganimizdek, ushbu nufuzli turnirda mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova ham ishtirok etayotgandi. Asosiy to'r bahslariga saralash turniridagi ikki g'alabasi evaziga etib kelgan Rahimovaning muvaffaqiyatli odimi davom etgan va u ilk davrada reytingda 165-o'rinni egallab turgan kanadalik Byanka Andreeskuni 6/7(6), 6/0, 6/1 hisobida taslim etgan edi.
Afsuski, 1/32 finalda qura Kamillaga yana dunyoning amaldagi to'rtinchi raketkasi, amerikalik Kori Goffni ro'baro' qildi. Tennischilar so'nggi besh oy ichida o'zaro uchinchi marotaba to'qnash kelishdi. Bu safargi uchrashuv anchayin murosasiz kechdi. Birinchi setda 6/3 hisobida g'alaba qozongan Goff ikkinchisida tay-brekdagina o'z maqsadiga erishdi - 7/6(5).
SHu tariqa, Kamilla Goff 1/32 final bosqichida o'z ishtirokini yakunladi. Yangilangan reytingda u Top-80`talikka kiribi olishi mumkin. Hozirda Rahimova dunyoning 88-raketkasi bo'lib turibdi.

Fikrlar