31 jan 18:32
Yangiliklar
Futbol
Bobur SHodiev Osiyo chempionlarini pul mukofoti bilan taqdirladi
Toshkentning Paxtakor klubi Xitoy bo'lib o'tgan U23 Osiyo chempionatida g'olib bo'lgan O'zbekiston terma jamoasini taqdirladi.
Bu haqda "sherlar" rasmiy sayti xabar berdi.
"Paxtakor" stadioni majlislar zalida bo'lib o'tgan marosimda O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi Prezidenti, O'zbekiston Futbol Associaciyasi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, O'FA Ijroqo'm azosi, “Paxtakor” FK prezidenti Bobur SHodiev, chet el ishtirokidagi SFI Management Group MCHJ bosh direktori Ulug'bek Muhamedov, "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze, O'zbekiston futbol associaciyasi masullari, futbolchilar va murabbiylar ishtirok etishdi.
"Paxtakor" futbol klubi o'zbek futboli yo'lida katta mehnat qilayotgan insonlarni hamisha hurmat qiladi va ularni qadrlaydi - deyiladi Toshkent klubi sayti bergan xabarda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar