So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

08 okt 16:52
Yangiliklar

Boshqalar

Bodibilding, fitnes va mas-restling bo'yicha Osiyo chempionatida qatnashgan atletlarimiz taqdirlanishdi

Avval xabar berganimizdek, shu yil 26 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Indoneziyaning Batam shahrida bodibilding, fitnes va mas-restling bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

SHu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida musobaqada ishtirok etgan sportchilarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o'rinbosari, O'zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federaciyasi raisi Odil Qalandarovich Abdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Hamidullaevich Nabiev, vazirlik va federaciya xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbirda Odil Abdurahmonov so'zga chiqib, yurtimizda ushbu sport turi rivojlanib borayotgani, buningisbotini bo'lib o'tgan musobaqadagi erishilgan yutuqlarimizdan ko'rishimiz mumkinligini takidlabo'tdi.

SHu o'rinda sovrindorlarimiz yurtimizga yorug' yuz bilan qaytgani, muvaffaqiyatlariga sabab O'zbekistondajismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga berilayotgan yuksak etiborning natijasi ekanliginietirof etishib, vazirlik hamda federaciya rahbariyatiga minnatdorchilik bildirishdi. Marosim so'ngida sportchilarimizga rahbariyat tomonidan gul va esdalik sovg'alari topshirildi.

Tadbirda Odil Abdurahmonov so'zga chiqib, yurtimizda ushbu sport turi rivojlanib borayotgani, buning isbotini bo'lib o'tgan musobaqadagi erishilgan yutuqlarimizdan ko'rishimiz mumkinligini takidlab o'tdi.

O'z o'rnida sovrindor sportchilarimiz yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishgani, muvaffaqiyatlariga sabab esa O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga berilayotgan yuksak etibor ekanligini etirof etishib, vazirlik hamda federaciya rahbariyatiga minnatdorlik bildirishdi. Marosim so'ngida sportchilarimizga rahbariyat tomonidan gul va esdalik sovg'alari topshirildi.

Malumot uchun, Osiyo chempionatining yakuniy natijalariga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi azolari uchta oltin, bitta kumush va uchta bronza, jami 7ta medalga sazovor bo'ldi. Norasmiy umumjamoa hisobida vakillarimiz 38 ta davlat orasida faxrli 3-o'rinni egalladi. Bu borada Tailand eng yaxshi natija ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi pog'onadan mo'g'ulistonlik atletlar joy olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing