05 sen 19:38
Yangiliklar
Bogdan Guskov: "Nursulton mening do'stim bo'lsa ham, jangni imkon qadar xolis tahlil qildim"
Ro'ziboev UFC Paris turniri doirasida angliyalik taniqli va tajribali Maykl Peyjga qarshi bahs olib boradi.
"Nursulton mening yaxshi do'stim bo'lishiga qaramay, bu jangni qanday ko'rayotganimni imkon qadar xolis tahlil qilishga harakat qilaman.
Uning autsayder sifatida ko'rilayotganidan hayronman. Menimcha, bu erda imkoniyatlar 70 ga 30 Nursulton foydasiga. Uning kurashi juda yuqori darajada. Gabaritlar borasida ham Peyjning ustunligini ko'rmayapman.
Nursulton bosimni oshirishi kerak. Agar u Peyjni ushlab, tezda kurashga o'tkaza olsa, jang uning scenariysi bo'yicha kecha boshlaydi. Peyj masofani yaxshi ushlaydi va ochko jamg'arish bo'yicha juda kuchli. Ro'ziboev esa Mayklning aynan shu ustunligini yo'qqa chiqarishi kerak. Nursulton qanchalik tez kurash izlay boshlasa, uni shunchalik tez topadi. Menimcha, jangdagi asosiy omil ham aynan shu bo'ladi.
Zarbalar borasida esa, nazarimda, Nursulton Mayklga yutqazmaydi — uzoq masofadan zarba bera oladi, zarbalari kuchli va taymingi ham joyida.
Qisqasi, bu erda aniq O'ZBEKISTON! OLG'A!", deb yozgan Guskov o'zining Telegram kanalida.
Jang bizning vaqti bilan 6 sentyabr, tungi 1:00 dan keyin boshlanishi kutilmoqda.
Fikrlar