06 sen 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov Nursulton Ro'ziboevning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
Kecha Parij shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 287 turnirining ahamiyati jihatidan uchinchi jangida oktagonga chiqqan Nursulton Ro'ziboev mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi.
Aralash yakkakurash ustamiz angliyalik 39 yoshli Maykl "Venom" Peyjga qarshi kechgan uch raundlik to'liq jangda hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazib qo'ydi. UFC`dagi yana bir vakilimiz, o'zining so'nggi jangida yutqazgan Bogdan Guskov Nursultonning mag'lubiyatiga o'z munosabatini bildirdi.
"Maykl Peyj — bu boshqacha daraja, o'z uslubida. Yosh o'tgani umuman sezilmayapti, dinamika o'sha-o'sha, 10 yil oldingidek, faqat endi azarti sal pasaygan.
Nurik (Nursulton) haqida: birinchi raund zo'r bo'ldi, keyin Peyj o'z rejalari va jang scenariysini o'tkazdi. Kommentlarda aytishganidek, Ro'ziboev uchun og'ir jang bo'ldi, lekin aynan shunday janglar odamni chiniqtiradi", dedi Guskov.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar