So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

02 sen 10:31
Yangiliklar

Boks/MMA

Bogdan Guskov: "Volkan avvalgidek vulqon emas, men esa ochman!"

Bugun Parij shahridagi turnirda UFC promoushenidagi debyut jangini o'tkazadigan hamyurtimiz Bogdan Guskov nomdor raqibi Volkan Ozdemir haqida gapirdi.

"Oxirgi jangim Misr davlatida Karlos Eduardoga qarshi bo'lib o'tgandi. Karlos Braziliyada afsona hisoblanadi. O'sha jangda nomdor raqibimni 25 soniyada mag'lubiyatga uchratdim. SHu jangdan keyin meni payqab qolishdi deb o'ylayman. Keyin menejerimlar UFC`dagi insonlar bilan muzokara olib borishdi. Ular karddagilardan biri safdan chiqsa, meni qo'shib yuborishlarini aytishdi. SHundan so'ng dunyoning kuchli ligasida jang qilish uchun umid paydo bo'ldi. Bu erda katta menejerlik say-harakatlari bor. CHunki mendan boshqa kardni to'ldiradigan yigitlar juda ko'p edi.

 Azamat Murzakanov bilan juda yaqin emasmiz. SHunchaki salom-alik bilan cheklanamiz. U bilan nima bo'lganini bilmayman. Uning o'rniga Ozdemirga qarshi jang qilayotganimdan xursandman. Eng muhim jihati shundaki, hammaga ham bunday imkoniyat taqdim etilavermaydi. Debyut jangdayoq reytingda 9-o'rinni egallab turgan nomdor raqibga qarshi oktagonga chiqish hammaga ham emas. G'alaba qozongan taqdirimda Top-10`talikka kirib olish imkoniyati yuzaga keladi. Boshqa tomondan bu katta tavakkal. Buni ham yaxshi bilib turibman. Yutsam, sovg'asi juda ham qimmatli bo'ladi. 

Raqibni jiddiy tarzda o'rganyapmiz. Volkan uchun bu odatdagidek ofisdagi kun bo'ladi. Men uchun esa katta sinov. Men raqibimdan ancha yosh va g'alabaga chanqoq hamda ochman. U divizionning kuchli jangchilari bilan to'qnash kelgan. Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Daniel Korme bilan kamar uchun jang o'tkazgan. Lekin mening o'yinimga o'ynaydigan bo'lsa, u aniq yutqazadi. Volkan oxirgi janglarida rossiyalik men bilgan yigitlar Magomed Ankalaev va Nikita Krilovga yutqazgan. U Korme bilan jang qilgan paytdagi Ozdemir emas. Volkan avvalgidaek "vulkan" emas (kuladi). Ozdemir kikbokschi va men kabi asosan tik holatda jang o'tkazadi. 

Ko'ramiz, 2 sentyabr kuni barcha savollarga javob olamiz. O'zimdan talab qilingan barchasini amalga oshirdim, tayyorgarlik ko'ngildagidek o'tdi. Faqat oktagonga chiqib, ana shu tayyorgarlikni amalda ko'rsatish qoldi, xolos", - dedi saytimizga bergan intervyusida Guskov.


Olamsport.com saytining UFC jangchisi Bogdan Guskov bilan intervyusini tomosha qiling 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing