18 fev 13:27
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Bogdan Guskov Xabib Nurmagomedov bilan munosabatlari haqida gapirdi
Yarimog'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov engil vazn sobiq chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov bilan birinchi uchrashuvidagi his-tuyg'ularini esladi.
			"Men UFC Performance Institute'ga kelganimda Islam Maxachev, Umar va Xabib Nurmagomedovlar o'sha erda edi. Ilgari men Xabibni kam vaqt ko'rganman, lekin endi u Vegas va Los-Anjelesda. Biz ko'chib o'tganimizda u har kuni qanday yordam kerakligini, ishlar qanday ketayotganini so'rardi. Xabib juda ochiq, shunday bo'lsa-da, uning butun jamoasi tartibga qattiq amal qiladi.
O'ylaymanki, agar ularning jamoasida og'ir vaznli bo'lganida, ular meni rad etmagan bo'lardi. SHu yo'sinda u menga o'zini juda ajoyib inson sifatida ko'rsatdi", deydi Bogdan Guskov.
            Havola            :         
                    Manba                : sports.ru
             
			
Fikrlar