23 sen 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskovning qiyofadoshi UFC 310 turnirida jang qiladigan bo'ldi
8 dekabr kuni UFC joriy yil hisobidan o'zining so'nggi raqamli turnirini tashkil etadi.
Mazkur turnir uchun ilk katta jang elon qilindi. Unga ko'ra, yarimog'ir vazn toifasida amerikalik aralash yakkakurash ustalari — Entoni Smit hamda Dominik Reyes musobaqa doirasida o'zaro to'qnash kelishadi. Aslida bu jang 17 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi UFC 309 turnirida o'tkazilishi lozim edi.
Malumot o'rnida, Smit ayni damda UFC yarimog'ir vazn toifasi reytingida 12-o'rinni egallab turgan bo'lsa, Reyes 13-pog'onadan joy olgan. Yarim og'ir vazndagi o'zbekistonlik UFC jangchisi, Entoni Smitning chin manodagi qiyofadoshi Bogdan Guskov esa reytingda 14-o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar