03 dek 17:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks bo'yicha jahon chempioni UFC chempionini oktagonga chorladi
Professional boksning yarimog'ir vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari chempioni Artur Beterbiev oktagonda o'zini sinab ko'rmoqchi.
Rossiyalik bokschi yarimog'ir vaznda amaldagi UFC chempioni, polshalik Yan Blaxovichni jangga chorladi.
"Men sof sport tomonidan UFC chempioni bilan jang qilmoqchiman. Bu erda moliyaviy masala birlamchi emas. Albatta, bu katta chorlov. Lekin men aynan UFC qoidalari bo'yicha jang o'tkazishni maqsad qilganman. Bu shunchaki ajoyib, shunday emasmi? Qo'lqopsiz jang men uchun qiziq emas. MMA haqida ham shu fikrdaman. Bu ikki promoushendagi yigitlarni xafa qilib qo'ymay, ular asosan pul uchun jang o'tkazishyapti", — dedi Beterbiev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar