So’nggi yangiliklar

09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0 15:15"Пахтакор" клуби Илгиз Танташев қарорлари устидан расмий эътироз билдириб, даъво аризаси киритди 0 14:44Диёра Келдиёрова: "Энди мутлақо бошқа, янги Диёраман!" 0 14:13Британиялик блогер Жалоловни танқидлардан ҳимоя қилди 0 13:42Guangzhou Nansha International. Султонов икки ғалаба эвазига асосий тўрга йўл олди 0

04 iyu 12:37
Yangiliklar

Boks/MMA, Parij-2024

Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Parij-2024 Olimpiadasiga eng ko'p sportchi bilan boradigan ikkinchi jamoa bo'ldi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari uchun boks bo'yicha saralash musobaqalari o'z yakuniga etdi.

Bir-biridan shiddatli kurashlar ostida kechgan turnirlarda eng kuchlilar saralandi.

Malum qilganimizdek, unda O'zbekiston terma jamoasi 11 ta (7 ta erkaklar va 4 ta ayollar) vazn toifasida Parij-2024 yo'llanmalariga sazovor bo'ldi. Qayd etish joiz, o'zbekistonlik bokschi qizlar birinchi marotaba Olimpiya o'yinlariga 4 ta licenziyaga ega chiqishgan bo'lsa, yigitlarimiz uchinchi bor ketma-ket to'liq tarkibda Olimpiada ishtirokchisiga aylanishdi.

O'zbekiston Avstraliyadan keyin boks dasturida eng ko'p yo'llanma qo'lga kiritgan davlatga aylandi. “Yashil qita” vakillari 12 ta licenziyani naqd qilgan bo'lsa, takidlanganidek, hamyurtlarimiz 11 ta yo'llanma bilan ikkinchi bo'lishdi. Avstraliyaliklar raqobat deyarli yo'q bo'lgan mintaqada ushbu ko'rsatkichga erishganlarini inobatga olish joiz. Ularning barcha yo'llanmalari qitaviy musobaqada qo'lga kiritilgan. Jahon miqyosida esa yo'llanma uchun kurashgan yigit hatto bir dona jangda ham g'alaba qozona olmagan. 

Quyida etakchi davlatlardan qaysi terma jamoa qancha licenziya qo'lga kiritgani bilan tanishamiz:

Avstraliya – 12
O'zbekiston – 11
Qozog'iston, Irlandiya, Braziliya – 10
Turkiya, AQSH, Tailand, Italiya, Franciya, Xitoy – 8.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing