04 noy 17:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi: Ikki yil avval Ruslan Abdullaev Qozog'iston terma jamoasida harakat qilmoqchi bo'lgandi
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Kayrat Satjanov Sanatali Toltaev va Ruslan Abdullaev jangi haqida fikr bildirdi.
«So'zsiz Abdullaev g'alaba qozondi. Ikki yil avval Ruslan Abdullaev Qozog'iston terma jamoasida harakat qilmoqchi bo'lgandi. U o'smirlar o'rtasida Janubiy Qozog'iston viloyati terma jamoasi safida o'smirlar o'rtasida mamlakat birinchiligida ishtirok etgan. U yarim finalda mag'lub bo'lgandi. Keyin pandemiya boshlandi, turnirlar kamayib ketdi. SHundan so'ng O'zbekistonga qaytib ketdi. Ruslan — juda kuchli bokschi»,-deb fikr bildirdi qo'shnilarimizning boks bo'yicha bosh murabbiyi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar