So’nggi yangiliklar

16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0 09:33UFC 333 турнирининг тўлиқ карди: Волкановски – Евлоев, Ян – Двалишвили, Темиров – Кавана 0 08:48Хргович Дюбуа билан IBF ва WBO камарларини бирлаштирмоқчи 0 08:07Баҳодир Жалолов ўзининг энг яхши боксчилар учлигини санади 0 20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0

01 may 17:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi JCH-2023 qura natijalariga munosabat bildirdi

Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi ustozi Mirzagali Aytjanov Toshkentda o'tkazilayotgan jahon chempionatiga qura tashlanganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

— Yigitlarimiz qura tashlashning har qanday natijasiga tayyor edilar. Biz yaxshi tayyorgarlik ko'rganmiz. Turnir nima maqsadda o'tkazilayotganini hamma biladi. Bugun -60 kg vaznda Talgat Sirimbetov va -92 kg vaznda Aybek Oralbay birinchi bo'lib o'zbek ringiga ko'tariladi. Umid qilamizki, ular vazifani muvaffaqiyatli bajara olishadi. Ringga birinchi bo'lib chiqish har doim katta masuliyatdir. Turnirni g'alaba bilan boshlashimizga va yaxshi natijalar ko'rsatishimizga ishonaman.

- Toshkentdagi jahon chempionatining tashkiliy saviyasini qanday baholaysiz? Malumki, g'alaba uchun katta mukofot pullari tayinlangan.

— Turnir yuqori saviyada o'tmoqda, deb o'ylayman. Unda 107 davlat, 600 dan ortiq bokschilar ishtirok etmoqda. Hamma juda jiddiy tayyorgarlik ko'rgani sezilyapti. Biz uchun asosiysi moliyaviy masala emas, balki mamlakat sharafini munosib himoya qilishdir. SHunday ekan, g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

- Kamshibek Konkabaev turnirning ilk bahsida rossiyalik Aleksey Dronovga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu qarama-qarshilikdan nima kutyapsiz?

— Biz Dronovni yaxshi bilamiz. U Rossiya katta umid bog'lagan yosh sportchilardan biri.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing