02 fev 15:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks federaciyasining yangi rais o'rinbosari avvalgi rahbar bilan ishlashga tayyor
"Lokomotiv" klubidagi faoliyati bilan tanilgan tadbirkor Saken Pulatov bugun kunning birinchi yarmida O'zbekiston boks federaciyasining yangi rais o'rinbosari etib saylangandi.
Taxminan 15 daqiqa davom etgan bugungi yig'ilishdan so'ng Pulatov yangi ish joyiga borgan. U O'zbekiston boks federaciyasida terma jamoa murabbiylari, bokschilar va ishchi-xodimlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
"Mengacha federaciya raisi o'rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan SHerzod Toshmatov katta hajmdagi ishni amalga oshirgan. Buni natijalar ham ko'rsatib turibdi. Men tarkibni o'zgartirmayman. Ish shundayligicha davom etaveradi. Kerak bo'lsa, Toshmatovni taklif qilib, birgalikda ish olib boramiz", - dedi federaciya raisi o'rinbosari.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar