28 avg 22:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. Jasurbek Latipov jahon chempionatidagi ikkinchi jangini o'tkazdi
Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha jahon chempionatining -52 kg vazn toifasida janglar bo'lib o'tdi.
Hozirgina yakuniga etgan jangda O'zbekiston sharafini himoya qilgan bokschimiz Jasurbek Latipov ringga ko'tarildi. Uning raqibi Evropa chempioni bolgariyalik Daniel Asenov bo'ldi. Murakkab kechgan jangda Latipov kuchli raqibini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Qayd etish joiz, amerikalik referi uchinchi raundda Jasurbekdan bir ochko olib tashlagandi. SHunga qaramay, yakunda ikki raunddagi mutloq ustunlik evaziga g'alaba hamyurtimizga taqdim etildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar