18 okt 12:37
Yangiliklar
![](/upload/storage/21050_220.jpg)
Boks. Sanjar Rahmonov shu hafta navbatdagi jangini o'tkazadi
Ayni paytda AQSHda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Sanjar Rahmonov 21 oktyabr kuni navbatdagi jangini o'tkazadi.
Las-Vegasda bo'lib o'tadigan jang oqshomida sportchimiz amerikalik Jon Delperdangga qarshi ringga chiqadi.
Malumot uchun, Delpardang professional boksda 13ta jang o'tkazgan va shulardan 10tasida g'alaba qozongan (9tasida nokaut bilan). 3ta jangda esa mag'lubiyatga uchragan.
Floyd Meyvezerning promouterlik kompaniyasi azosi hisoblanadigan Sanjar esa 9ta jang o'tkazgan. SHulardan 8tasida g'alaba qozonib (4ta nokaut), 1tasida durang natija qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar