22 sen 20:44
Yangiliklar

Bokschi qizlarimiz "Balkan" xalqaro turnirida umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi
Ushbu xalqaro musobaqada O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari ham ishtirok etishdi. Quvonarlisi, bahslarda qatnashgan yurtdoshlarimiz 2 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medali qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Terma jamoamiz safida sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:
Oltin:
-50 kg: Aziza Yakubova
-70 kg: Mavluda Mavlonova
Kumush:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O'ktamova
-63 kg: Hadichabonu Abdullaeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
Bronza:
-57 kg: Sitora Turdibekova
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Islom Tojiboev, Ziyatdinbek Toygonboev
Hamyurtimiz SHeyxnazar Karimov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib bordi.
Fikrlar