12 iyu 14:32
Yangiliklar
Boks/MMA, Parij-2024
Bokschilarimiz Olimpiadaga tayyorgarlikni Nansida davom ettirishyapti + VIDEO
Boks bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi ayni kunlarda Franciyaning Nansi shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.
Xabar berganimizdek, mazkur yig'inga Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan 7 nafar bokschimiz va ularning har bir vaznda uch nafardan sparring-sherliklari jalb etilgan.
Nansi yig'inida O'zbekiston, Franciya, Kuba, Ispaniya, Vengriya, Xitoy, Tailand kabi jami 18 davlat qatnashyapti. Mashg'ulotlar davomida sparring janglari ham tashkil etilib, yigitlarimiz bu orqali o'z mahoratlarini yanada oshirishmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar