17 apr 22:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschimiz WBC Gran-Prisini g'alaba bilan boshladi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC tashkilotining Gran-Pri turniri boshlandi.
Bugun musobaqa doirasida yarimengil vazn toifasida bahslar boshlandi.
Ushbu vaznda hamyurtimiz Ayubxon Baxtiyorov ham ishtirok etmoqda.
Bokschimiz ilk bosqichda franciyalik Jamal Rajabga qarshi jang qildi. 6 raundlik jang bahs yakunlanishiga 1 daqiqa qolganda to'xtatildi. Hamyurtimiz jang davomida ustunlik qildi. U jang mobaynida katta ustunlikka erishdi. So'nggi raundda zarbalar seriyasidan so'ng hakam jangni to'xtatdi va vakilimiz muddatidan oldin g'alabaga erishdi.
Endi bokschimiz ikkinchi bosqichdagi jangini 20-22 iyun kunlariga belgilangan Gran-Pri turniri doirasida o'tkazadi.
Ertaga mazkur turnir doirasida Kamronbek Eshmatov ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar