05 iyu 18:49
Yangiliklar
Dzyudo
Bolalarga quvonch ulashgan "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" FOTOREPORTAJ
Ikki kun davomida poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena" majmuasida o'smirlar va kichik o'smirlar o'rtasidagi xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
To'rtinchi bor tashkil etilgan "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" turnirida dunyoning 16 davlatidan kelgan 3000 nafarga yaqin dzyudochi bir nechta yosh va vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqdi.
Musobaqaning ikkinchi kuni U11 va U15 yosh toifasida jami 20 ta vaznda g'olib hamda sovrindorlar aniqlandi. SHohsupaga ko'tarilgan yosh dzyudochilar medal, kubok va "Sakura" brendi ostida ishlab chiqarilgan kimono (chempionlarga) taqdim etildi.
Bir so'z bilan aytganda, katta masshtabda o'tkazilgan "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" turniri ishtirokchilar, xususan xorijdan kelgan mehmonlarda ham katta taassurot qoldirdi.
















































































Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar