31 avg 08:15
Yangiliklar

Boringni ber, g'ururni ustun qo'y, maydonda “JON” ber!
Aynan bugun O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2018 final bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma beruvchi ikkinchi chipta uchun kurashishdagi imkoniyati oydinlashadi. Seuldagi o'yinni inobatga olmagan holda, faqat g'alaba bizni orzularimiz sari etaklaydi. O'zga natija Koreya foydasiga ishlaydi.
To'g'ri, Eron halol o'ynagan taqdirda koreyaliklarni mag'lub etishi yoki ulardan ochko tortib olishi mumkin. Lekin forslar bu yo'ldan borisharmikan? Mayli, guruhdagi ikkinchi o'yinni o'ylamaylik. Axir, hammasi o'z qo'limizda-ku!
Ikki g'alaba bilan raqiblarga
hech qanday imkon qoldirmaylik. Futbolchilarimiz borini berishsin, g'ururni hamma
narsadan ustun qo'yishsin, kerak bo'lsa, maydonda g'alaba uchun “jon” berishsin!
Fikrlar