19 fev 04:48
Yangiliklar

"Borussiya" autsayderni enga olmadi, "Bavariya" bilan 3 ochkolik farq yuzaga keldi
Turni "Nyurnberg" - "Borussiya D" bahsi yakunlab berdi. Dordmundliklar Bundesliga turnir jadvalining so'nggi pog'onasida borayotgan "Nyurnberg"ni enga olishmadi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.
SHu tariqa, jadvalda peshqadamlik qilib kelayotgan "Borussiya" ketma-ket uchinchi o'yinda durang o'ynadi. Endi asosiy taqibchi "Bavariya" bilan oradagi farq bor yo'g'i 3 ochko qoldi.
Bundesliga, 22-tur
"Maks-Morlok-SHtadion"
"Nyurnberg" – "Borussiya D" 0:0
"Nyurnberg": Mateniya, Myul, Lyaybold, Valentini, Everton, Petrak, Berens, Leven (Bauer, 77), Mateus Pereyra, Kubo (Palasios-Martines, 85), Zrelyak (Isxak, 66).
"Borussiya D": Byurki, Gerreyru, Diallo, Zagadu, Vitcel, Dileyni (Bruun Larsen, 80), Vaygl, Getce, Sancho, Volf, Filipp (Pako Alkaser, 63).
Ogohlantirishlar: Mateniya (88) - Vitcel (89).
Fikrlar