04 avg 10:19
Yangiliklar
![](/upload/storage/79261_220.jpg)
"Borussiya D" 5 yildan so'ng yana Germaniya Superkubogida zafar quchdi
Uchrashuvda hisob 48-daqiqada Pako Alkaser tomonidan ochildi. Taym o'rtalarida esa Jeydon Sancho qanotdan hujumga o'tib, Manuel Noyer darvozasini ishg'ol etdi va o'yindagi yakuniy hisobni belgiladi.
SHu tariqa, dortmundliklar 5 yillik tanaffusdan so'ng yana Superkubokni qo'lga kiritishdi. Umuman olganda, "arilar" ushbu sovringa oltinchi marotaba ega chiqishdi va bu borada peshqadam myunxenliklarga (7 titul) yaqinlashib olishdi.
Germaniya Superkubogi
Borussiya D – Bavariya 2:0 (0:0, 2:0)
"Signal Iduna Park" stadioni
Gollar: 1:0 – 48 Pako Alkaser, 2:0 – 69 Sancho.
Borussiya D – Xitc, Pishchek (Volf, 80), Toprak, Akandji, SHulc, Vitcel, Gerreyru (Xakimi, 75), Sancho (Bruun Larsen, 81), Vaygl, Roys, Pako Alkaser.
Bavariya – Noyer, Kimmix, Zyule, Alaba (Sanshesh, 70), Boateng, Alkantara (Pavar, 80), Tolisso, Goretcka, Koman, Myuller (Devis, 66), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Levandovski (59), Kimmix (77).
Fikrlar