15 okt 19:20
Yangiliklar
Futbol

“Borussiya” ketma-ket 25ta uy o'yinidan beri mag'lubiyatga uchramayapti
Germaniya Bundesligasining 7-turida Dortmundning “Borussiya” klubi o'z maydonida Berlinning “Gerta” jamoasini qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Bu bilan dortmundliklar klub rekordini yangilashdi. Ular “Signal Iduna Park” stadionida mana 25ta o'yindirki, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishyapti.
“Borussiya” so'nggi bor o'z muxlislari ko'z o'ngida 2015 yilning 4 aprel kuni mag'lubiyatga uchragan edi. O'shanda “Bavariya” dortmundiklarni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Fikrlar