12 mar 06:44
Yangiliklar

"Borussiya" musobaqani tark etdi, PSJ 1/4 finalda!
Franciya chempioni PSJ o'z maydonida Dortmundning "Borussiya" klubini 2:0 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Gollarga Neymar va Xuan Bernat mualliflik qildi. Bu klublar o'rtasidagi dastlabki bahsda 2:1 hisobida nemislarning qo'li baland kelgandi.
PSJ – Borussiya D. 2:0
"Park de Prens" stadioni
Gollar: 1:0 – 28 Neymar, 2:0 – 45 Bernat.
PSJ – Navas, Kerer, Kimpembe, Markinos, Bernat, Paredes (Kuassi, 90), Di Mariya (Kurzava, 79), Sarabiya (Mbappe, 64), Guye, Neymar, Kavani.
Borussiya D – Byurki, Xummels, Pishchek, Zagadu, Xakimi (Getce, 87), Jan, Gerreyru, Sancho, Vitcel (Reyna, 71), Azar (Brandt, 69), Xoland.
Ogohlantirishlar: Xoland (16), Xummels (61), Bernat (68), Neymar (90), Di Mariya (90), Markinos (90), Mbappe (90).
CHetlatish: Jan (89).
Birinchi uchrashuv natijasi – 1:2.
Nimchorak finalning ikkinchi uchrashuvida "Liverpul" o'z uyida Madridning "Atletiko" klubini qabul qildi. Bu jamoalar o'rtasidagi birinchi bahsda "matraschilar" minimal hisobda g'alaba qozonishgandi. Javob o'yinining asosiy vaqtida Veynaldum tomonidan kiritilgan gol yagonaligini saqlab qoldi va tomonlar qo'shimcha bo'limlarga murojaat etishdi.
Dastlab. Firminoning goli "Liverpul"ni keyingi bosqichga olib chiqadigandek edi. Ammo, Madriddan kelgan futbolchilar vaziyatni o'nglab, musobaqaning amaldagi chempionini nimchorak finalda qoldirib ketishdi.
Liverpul – Atletiko 2:3 (umumiy natija - 2:4)
"Enfild" stadioni
Gollar: 1:0 – 43 Veynaldum, 2:0 – 94 Firmino, 2:1 – 97 Lorente, 2:2 – 105 Lorente, 2:3 – 120 Morata.
"Liverpul": Adrian, van Deyk, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold, Veynaldum (Origi, 105), Xenderson (Fabino, 105), Oksleyd-CHemberlen (Milner, 82), Mane, Firmino (Minamino, 113), Salax.
"Atletiko": Oblak, Felipe, Tripper (Vrsalko, 90), Savich, Lodi, Saul, Tomas, Korrea (Ximenes, 105), Koke, Joau Feliks (Morata, 103), Diego Kosta (Lorente, 56).
Birinchi bahs natijasi – 0:1.
Fikrlar