24 may 16:42
Yangiliklar
Futbol

"Borussiya" Sanchoning ketishiga tayyorlanmoqda
"Borussiya" (Dortmund) vingeri Jeydon Sancho klubdan ketmoqchi.
21 yoshli angliyalik futbolchi APL top-klublaridan biriga o'tish haqida o'ylamoqda, sababi u CHempionlar Ligasidagi g'oliblik uchun kurashadigan jamoaga o'tmoqchi.
"Arilar" o'z navbatida yozgacha o'rinbosar qidirishi kerak. "Borussiya" Sanchoning sotuvidan 80 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 11ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar