26 iyu 15:05
Yangiliklar

Bosh mukofotni qo'lga kiritgan SHaripova 6 pog'ona pastladi, Umarova esa 125 o'rin
Garchi mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova shanba kuni Farg'onadagi turnirda bosh mukofotni qo'lga kiritgan bo'lsada, o'tgan haftadagi o'rniga nisbatan 6 pog'onaga pastladi – 162-o'rin.
Ikkinchi raqamli tennischimiz Nigina Abduraimova esa o'z o'rnini saqlab qoldi. Kamola Umarova esa naqd 125 pog'onaga pastladi. Oqgul Omonmurodova o'z o'rnini 11 o'ringa yaxshilab oldi.
Dunyo xotin-qiz tennischilari reytingini esa hamon germaniyalik Angelik Kerber boshqarib bormoqda. Ruminiyalik Simona Xalep esa deyarli unga yaqinlashib oldi.
WTA reytingi. 26 iyun kungi holat:
1 (1). Angelik Kerber (Germaniya) – 6965 ochko
2 (2). Simona Xalep (Ruminiya) – 6850
3 (3). Karolina Plishkova (CHexiya) – 6386
4 (4). Serena Uilyams (AQSH) – 4810
5 (5). Elina Svitolina (Ukraina) – 4765
6 (8). Karolin Voznyacki (Kanada) – 4345
7 (7). Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya) – 4325
8 (9). Svetlana Kuznecova (Rossiya) – 4310
9 (6). Dominika Cibulkova (Slovakiya) – 4010
10 (10). Agneshka Radvanska (Polsha) – 3985...
O'zbekistonlik tennischilar reytingi:
162 (156). Sabina SHaripova (O'zbekiston) – 336
225 (225). Nigina Abduraimova (O'zbekiston) – 235
366 (377). Oqgul Omonmurodova (O'zbekiston) – 109
713 (716). Arina Folc (O'zbekiston) – 26
748 (756). Albina Xabibulina (O'zbekiston) – 23
961 (836). Kamola Umarova (O'zbekiston) – 10...
Fikrlar