So’nggi yangiliklar

21:11Муҳиддин Мамажоновнинг IBA Nomad 16 турниридаги жанги муддатидан аввал якунланди 0 19:21Полина Кудерметова Ningbo Open саралашининг иккинчи босқичига чиқди 0 18:50Мадримов ўз ўрнини сақлаб қолган The Ring рейтингининг кучли учлигида ўзгаришлар бўлди 0 18:19Каратэ WKF. Жавоҳир Жаҳонгиров жаҳон чемпиони! 0 17:48"Реал" қишда янги футболчилар сотиб оладими? Моуринью жавоб берди 0 17:17Адесанья ва Шара Буллет жанги ноябрда Қатарда ўтказилиши мумкин — манба 0 16:45Саидёқуб Қаҳрамонов ва Холмурод Нурматов жанг қиладиган Душанбедаги ACA 209 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 16:12Бугун беш нафар боксчимиз жаҳон чемпионатидаги ўз юришини бошлайди 0 15:30Португалия футбол федерацияси Роналду бўйича ўз позициясини маълум қилди 0 14:43Пэдди Пимблетт кейинги жангини 2027 йил баҳорида ўтказиши мумкин 0 14:05Накамура Синдаровга жаҳон чемпионати олдидан ёрдам беряптими? 0 13:27Бугун Баҳодир Жалолов жанг қилади (тўлиқ кард) 0 12:45Суперлига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор 0 12:12"Бу осон эмас". Сехудо Ян ва Двалишвили ўртасидаги бўлажак жанг ҳақида гапирди 0 11:30Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга IBA Nomad 16 турнири бўлиб ўтади (Тўлиқ кард) 0

25 okt 14:32
Yangiliklar

Kurash

“Bosh prokuror” kubogida polvonlar saralandi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” o'yinlari hamda turli tanlovlar o'tkazilishi chekka va olis hududlargacha iqtidor sohiblarini kashf etilishiga xizmat qilmoqda.

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida milliy kurash bo'yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Bosh prokuror kubogi” musobaqasida 30 mingdan ortiq nomzodlar orasida saralangan 18 yoshdan 30 yoshgacha 136 nafar o'g'il-qiz to'qqizta vazn toifasida g'oliblik uchun gilamga chiqdi.  

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida qatnashgan Namangan viloyati prokurori, adliya katta maslahatchisi Umrbek Madrahimov bunday turnirlar yosh avlod o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xususan, milliy g'ururimiz bo'lgan kurashning ommaviyligini oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligini takidladi.  

Ikki kun davom etgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, qizlar orasida 48 kilogramm vaznda Davlatobod tumanidan Xosiyat Hasanboeva, 57 kilogramm vaznda Uychi tumanidan Mushtariybegim Qosimova, 70 kilogramm vaznda Kosonsoy tumanidan Aziza Rahimjonova, 87 kilogramm vaznda davlatobodlik Zulfiya O'rozboeva barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.  

O'smirlar ishtirokidagi bahslarda esa 66 kilogramm vaznda Pop tumanidan Mardon Tursunaliev, 73 kilogramm vaznda poplik SHohruh Soyiboev, 81 kilogramm vaznda CHortoq tumanidan SHohruh Mamajonov, 90 kilogramm vaznda Namangan tumanidan Zokirjon Jamoliddinov, 90 kilogrammdan og'ir vaznlilar toifasida CHust tumanidan Muhammadali To'xtanazarov g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi.  

Respublika Sport vazirligi, O'zbekiston Bosh prokuraturasining diplom, qimmatbaho sovg'alariga sazovor bo'lgan barcha g'olib sportchilar shu yil 14-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan “Bosh prokuror kubogi”ning hal qiluvchi final bosqichida Namangan viloyati sharafini himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing