So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

23 okt 12:29
Yangiliklar

Futbol

“Bosh vazir kubogi”: 1/8 final bosqichi ishtirokchilari nomi malum bo'ldi

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida o'tkazilayotgan “Bosh vazir kubogi” musobaqasining futbol bahslarida 1/8 final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.

Kecha o'tkazilgan 1/16 final bosqichi bahslarida Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari bo'yicha qo'mitasi Madaniyat vazirligi jamoasidan ustun kelgan bo'lsa, Qishloq xo'jaligi vazirligi Innovacion rivojlanish vazirligini mag'lub etdi. 

SHuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Suv xo'jaligi vazirligiga qarshi o'tgan qizg'in va murosasiz o'yinda 2:1 hisobida oldinda borayotib, hisobdagi ustunlikni saqlab qololmadi. Xususan, darvozamiz tomon belgilangan penaltini darvozabonimiz qaytargan bo'lishiga qaramay, raqib futbolchisi to'pga birinchi bo'lib etib keldi va hisobni tenglashtirdi. Ayni shu gol jamoa ruhiyatiga salbiy tasir qildi va o'yindagi mag'lubiyatning asosiy omillaridan biri bo'ldi. Boz ustiga so'nggi daqiqalarda jamoamiz ikkita juda qulay vaziyatni ko'kka sovurdi va alamli tarzda mag'lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.


1/16 final bosqichining bugun o'tkazilgan o'yinlari natijalari quyidagicha:

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari bo'yicha qo'mitasi – O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 2-1

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi – O'zbekiston Respublikasi Innovacion rivojlanish vazirligi 1-0

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi – “Maksam CHirchiq” +,-

O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi – O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 3-2

O'zbekiston Respublikasi Gidrometreologiya xizmati markazi – “O'zbektelekom” AJ 0-4

“Asaka bank” AT – O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 5-0

Agrobank ATB – O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi 1-0

O'zbekiston Kasaba uyushmalari federaciyasi – O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing