So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

23 sen 19:10
Yangiliklar

Boshqalar, Futbol

“Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasining tashkiliy qo'mitasi yig'ilishi o'tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasining tashkiliy qo'mitasi yig'ilishi o'tkazildi.

2019 yil 4 sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida vazirliklar, idoralar va xo'jalik birlashmalari hamda hududlardagi yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, jumladan “Bosh vazir kubogi” musobaqalarini o'tkazish vazifasi yuklatilgan edi.

Ushbu topshiriq ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan joriy yil 4-12 oktyabr kunlari vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida futbol musobaqalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

SHu maqsadda bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “Bosh vazir kubogi-2020” futbol musobaqasining tashkiliy qo'mitasi yig'ilishi o'tkazildi. Unda tashkilotchilar bilan bir qatorda hamkor tashkilotlar, jumladan, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston futbol associaciyasi, qator vazirlik va idoralardan vakillar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Yig'ilishda bu yilgi musobaqalarni o'tkazish tartibi, hal qilinishi lozim bo'lgan ko'plab masalalar muhokama qilindi.

Joriy yilgi musobaqalar pandemiya sharoitida, karantin qoidalariga qatiy amal qilingan holda o'tkaziladi. Yani, o'yinlarni tomosha qilish uchun muxlislar kiritilmaydi, agarki u maydonda kuch sinashayotgan tashkilot xodimi bo'lsa-da.

Futbol musobaqalari bo'ladigan maydonlarga har bir tashkilotdan faqat ro'yxatdan o'tgan 15 nafar o'yinchi, trener hamda jamoa rahbari, yani 17 kishi kiritiladi. Musobaqa ishtirokchilarning har biriga maxsus ruxsatnoma, yani beyjiklar tarqatiladi va beyjigi yo'q har qanday xodimga o'yin bo'ladigan maydonlarga kirishga ruxsat berilmaydi.

SHuningdek, tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash, o'yinlar bo'ladigan maydonlarni dizenfikciya qilish, musobaqa o'tkaziladigan maydonlarga kiraverishni anticeptik vositalar bilan taminlash va boshqa masalalar ham etibordan chetda qolmaydi.

-  “Bosh vazir kubogi-2020” musobaqasini o'tkazishdan ko'zlangan maqsad, avvalo rahbar xodimlar orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishdan iborat. Agar rahbar sportga qiziqsa, bilingki o'sha korxona va tashkilotda sog'lom turmush tarziga etibor yuqori bo'ladi. Xodim sog'lom bo'lsa, ish unumi yuqori bo'ladi va buning natijasida samaradorlik o'z-o'zidan ortadi. Ko'ryapsizmi, rahbar xodimning sportga qiziqishi jamiyat uchun qay darajada foyda keltiradi, - deb takidladi yig'ilishda so'zga chiqqan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Umed Radjabov.

Xulosa qilib aytganda, tashkilotchilar tomonidan joriy yilgi musobaqalarni har jihatdan adolatli va shaffof o'tishini taminlashga jiddiy etibor qaratilmoqda. Biz esa barcha jamoalarga bo'lajak musobaqalarda omad tilab qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing