So’nggi yangiliklar

12:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0

07 okt 23:04
Yangiliklar

Futbol

Bosh vazir kubogi-2020: Yirik hisoblar deyarli kuzatilmadi, kurashda teng kuchli jamoalar qolishdi...mi?!

Teglar :  Bosh vazir kubogi
Bunyodkor futbol akademiyasiga qarashli maydonlarda start olgan Bosh vazir kubogi-2020 futbol musobaqasida bugun 1/16 final bosqich o'yinlari yakuniga etdi.

Takidlash kerak, bugun bo'lib o'tgan o'yinlarda u qadar yirik hisoblar qayd etilmadi. Yana savol tug'iladi: jamoalarning saviyasi tenglashmoqdami yoki... Xullas, buni oliy hakam – VAQT ko'rsatadi.

Bugungi o'yinlar orasida eng murosasiz kechgan bahs sifatida «UniconUz-FTMTM» UK hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarama-qarshiligini ko'rsatish mumkin. Murosasiz kechgan ushbu bahsda 2-1 hisobida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamoasi g'alaba qozondi.

Yana bir qiziqarli o'yin «Xalq banki» hamda «Farg'onaazot» AJ jamoalari o'rtasida kechib, unda ham 2-1 hisobi qayd etildi. Musobaqaga olis yo'l bosib kelgan farg'onaliklar bejizga poytaxtga kelishmaganini, ularning maqsadi kubok ekanini isbotlashga urinmoqda.

«Bosh vazir kubogi-2020». 1/16 final

SP «COSCOM» – «Kafolat sug'urta» kompaniyasi AJ – 3:1

Moliya vazirligi – Adliya vazirligi – 0:3

«O'zbektelekom» AJ – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi -:+

«Xalq banki» – «Farg'onaazot» AJ – 1:2

Oliy sud – Yoshlar ishlari agentligi – 4:1

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo'yicha qo'mita – 1:3

«O'zbekiston havo yo'llari» AJ – Sog'liqni saqlash vazirligi – 3:1

«O'zagrokimyohimoya» AJ – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspekciyasi – 0:4

Ertaga nimchorak final o'yinlari o'tkaziladi. Ularda kuch sinashadigan juftliklar bilan tanishing:

«Milliy bank» – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

«O'zbekneftegaz» AJ – «O'zbekko'mir» AJ

Investiciyalar va tashqi savdo vazirligi – Tashqi ishlar vazirligi

Suv xo'jaligi vazirligi – O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi

SP «COSCOM» – Adliya vazirligi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi – «Farg'onaazot» AJ

Oliy sud – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo'yicha qo'mita

«O'zbekiston havo yo'llari» AJ – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspekciyasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing