So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

20 okt 18:12
Yangiliklar

Futbol

Bosh vazir kubogi: futbol musobaqacida 1/16 finalga yo'l olgan barcha jamoalar malum bo'ldi

SHu kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) bo'yicha “Bosh vazir kubogi” musobaqalari o'tkazilmoqda.

Bugun “Bunyodkor” futbol akademiyasi mashg'ulot maydonlarida bo'lib o'tayotgan futbol musobaqalarida 1/32 final uchrashuvlari yakuniga etdi va keyingi bosqichga yo'l olgan barcha jamoalar malum bo'ldi.

Afsuski, ikkinchi kungi o'yinlarga ayrim jamoalar etiborsizlik bilan qarashdi. CHunonchi, belgilangan vaqtda raqib jamoalar maydonga etib kelmagani sababli Madaniyat vazirligi, “O'zbektelekom”, “Asaka bank” kabi jamoalar o'yinsiz keyingi bosqichga yo'l oldi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi hamda “O'zmetkombinat” AJ o'rtasidagi o'yin keskin va murosasiz kurashlar ostida o'tib, unda vazirlik xodimlari 3-2 hisobida qiyinchilik bilan g'alabaga erishdi. Yana bir qiziqarli uchrashuv Gidrometeorologiya markazi hamda O'zbekiston milliy axborot agentligi, yani O'zA jamoalari o'rtasida o'tib, unda kichik hisob bilan g'alaba qozongan Gidrometeorologiya markazi xodimlari keyingi bosqichga yo'l oldi.

Yakshanba kungi o'yinlar orasida ko'pchilikning etibori Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi o'rtasidagi uchrashuvga qaratildi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bitta soha vakillari o'rtasidagi o'yin do'stona ruhda kechib, unda omad vazirlik jamoasiga kulib boqdi – 4:1. O'yinda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimi Davron Bo'ronov poker qayd etdi.

“Bosh vazir kubogi”ning futbol musobaqalari ikkinchi kungi o'yinlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Futbol bo'yicha “Bosh vazir kubogi-2019” musobaqasi

20 oktyabr, yakshanba. 1/32 final

Din ishlari bo'yicha qo'mita – Respublika “Mahalla” fondi – 1:0

“O'zbekgidroenergo” – Madaniyat vazirligi -:+

Qishloq xo'jaligi vazirligi – “O'zmetkombinat” AJ – 3:2

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi – Innovacion rivojlanish vazirligi – 0:4

“O'zsanoatqurilishmateriallari” – Davlat test markazi – 0:2

Pensiya jamg'armasi – “Maksam CHirchiq” -:+

Maktabgacha talim vazirligi – Suv xo'jaligi vazirligi – 0:4

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi – O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi – 4:1

Gidrometrologiya xizmati – O'zbekiston Milliy axborot agentligi – 1:0

“O'zbektelekom” – O'zbekiston Milliy elektr tarmoqlari -:+

“Asaka bank” – “O'zbekbaliqsanoat” +:-

Oliy majlis senati – Transport vazirligi – 0:2

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi – “Agrobank” – 0:7

“O'zbekiston havo yo'llari” – Oliy talim vazirligi – 2:3

“O'zstandart” agentligi – Kasaba uyushmalari federaciyasi – 0:2

“O'zagrosug'urta” – Sog'liqni saqlash vazirligi – 0:3

Eslatib o'tamiz, “Bosh vazir kubogi”ning saralash bosqichidan o'rin olgan barcha uchrashuvlar “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida, 27 oktyabr kuni o'tkaziladigan final uchrashuvi esa “Milliy” stadionda tashkil etiladi.

1/16 final juftliklari bilan tanishing:

21 oktyabr, dushanba

Davlat Soliq qo'mitasi – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi – AT “Xalq banki”

Qishloq qurilish invest – Davlat Bojxona qo'mitasi

Oliy sud – “O'zbekiston temir yo'llari”

Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarni rivojlantirish vazirligi – Toshshahartransxizmat

Respublika veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi – Oliy attestaciya komissiyasi

Adliya vazirligi – Tovar xom-ashyo birjasi

“Kafolat” sug'urta kompaniyasi – Respublika manaviyat va marifat markazi

22 oktyabr, seshanba

Din ishlari bo'yicha qo'mita – Madaniyat vazirligi

Qishloq xo'jaligi vazirligi – Innovacion rivojlanish vazirligi

Davlat test markazi – “Maksam CHirchiq”

Suv xo'jaligi vazirligi – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Gidrometeorologiya xizmati – O'zbekiston Milliy elektr tarmoqlari

“Asaka bank” – Transport vazirligi

“Agrobank” – Oliy talim vazirligi

Kasaba uyushmalari Federaciyasi – Sog'liqni saqlash vazirligi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing