So’nggi yangiliklar

15:42"Реал" "Бавария" футболчиси учун 165 млн евро тўлашга тайёр 0 15:20Дзюдочиларимиз Қозоғистондаги мусобақада 24 та медаль билан умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди! 0 14:59Асламжон Ортиқовнинг жанги бекор қилинди 0 14:35Бокс. Осиё чемпионатида якуний рейтинг қандай бўлди? 0 14:05Рюдигер "Реал"нинг Чемпионлар Лигасидаги мағлубиятининг асосий сабабини айтди 0 13:39"Мен буни амалга ошираман". Фьюри телевидение тарихидаги энг катта шоуни ваъда қилди 0 13:10"Ислам мендан қочаётгандек туюляпти". Илия Топурия — Махачев билан вазият ҳақида гапирди 0 12:34Боксчиларимиз Осиё чемпионатини 3 та олтин медаль билан якунлашди 0 12:12Ламин Ямал: "Ҳали кураш тугамади" 0 11:40Исроил Мадримов диссертация ишини муваффақиятли якунлади! 0 11:15Жавоҳир Синдаров: "Натижа эмас, ўйин ҳақида ўйлаяпман" 0 10:39Фьюри: "Махмудов билан жанг яхши ўтса, кейингиси Жошуа бўлади" 0 10:17"Барселона" дарвозасига пенальти қўймаган ҳакам ЕЧЛ ўйинларидан четлатилди 0 09:52Осиё чемпионати: Аёллар ўртасидаги энг яхши натижа Ҳиндистон ва Қозоғистонда, боксчиларимиз нечанчи? 0 09:30Актенге ҳамда Улмекен Осиё чемпионатида ҳисобимизга бронза медалларини тақдим этишди 0

22 okt 09:14
Yangiliklar

Futbol

Bosh vazir kubogi: futbol musobaqalari tobora qizg'in tus olmoqda, ammo...

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida sportning futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) turlari bo'yicha o'tkazilayotgan “Bosh vazir kubogi” musobaqalarida kuchlilar saralanmoqda.

Futbol musobaqalarining 1/16 final bosqichiga start berildi. Musobaqaning ushbu bosqichidagi eng shiddatli va murosasiz o'yinlaridan biri “Qishloq qurilish invest” hamda Davlat Bojxona qo'mitasi xodimlari o'rtasida kechdi. Unda kichik ustunlik bilan “Qishloq qurilish invest” injenering kompaniyasi jamoasi g'alaba qozondi va nimchorak finalga yo'l oldi.

Avvalgi bosqichda ajoyib “kambek” qayd etgan, yani 0-2 hisobida yutqazayotib yakunda 4-2 hisobida g'alabaga erishgan Respublika Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi jamoasining “ishtahasi ochildi” chog'i. Boisi, ular 1/16 finalda Oliy attestaciya komissiyasi jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, yakuniy hisob – 4:0. Umuman, bugun o'tkazilgan o'yinlarda u qadar yirik hisoblar qayd etilmadi. Bu esa buyog'iga musobaqada eng kuchlilar kurashni davom ettirishayotganini anglatadi.

Quyida 1/16 final bosqichining bugungi o'yinlarida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

1/16 final. 21 oktyabr, dushanba

Davlat Soliq qo'mitasi – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati +:-

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi – AT “Xalq banki” – 0:2

“Qishloq qurilish invest” – Davlat Bojxona qo'mitasi – 2:1

Oliy sud – “O'zbekiston temir yo'llari” AK +:-

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi – Oliy attestaciya komissiyasi – 4:0

Adliya vazirligi – Tovar xom-ashyo birjasi – 3:0

“Kafolat” sug'urta kompaniyasi – Energetika vazirligi – 2:0

Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Toshshahartransxizmat jamoalari o'rtasidagi o'yin esa ertaga qoldirildi.

SHu o'rinda bir mulohaza: “Bosh vazir kubogi” musobaqasi Nizomi shaxsan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan tasdiqlangan bo'lib, unga ko'ra mazkur musobaqa vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari, jismoniy faol mehnat rejimida bo'lmagan xodimlarni sog'lom turmush tarziga faol jalb etishni ko'zda tutgan.

Ammo, bazi jamoalar Nizomda belgilangan talablarni chetlab o'tishga urinmoqdaki, bu turnir nufuziga salbiy tasir ko'rsatmasdan qolmaydi.

SHuningdek, Nizomda jamoa tarkibini shakllantirish va musobaqadagi ishtirokini taminlashga shaxsan vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlar rahbarlarining birinchi o'rinbosari masul ekanliklari belgilab qo'yilgan. SHu munosabat bilan, barcha jamoalarni musobaqa Nizomida belgilangan talablarga qatiy amal qilib, raqib jamoalarga hurmat bilan munosabatda bo'lishga chorlab, ajoyib sport bayramini yuqori kayfiyatda o'tkazishga o'z hissangizni qo'shishingizni so'rab qolamiz.

“Bosh vazir kubogi” musobaqalari yakuni bo'yicha batafsil malumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishini eslatib o'tamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing