So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

06 apr 07:22
Yangiliklar

SHaxmat

Bosh vazir o'rinbosari Xalqaro shaxmat federaciyasi prezidenti bilan uchrashdi

Teglar :  SHaxmatFIDE
Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich O'zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida faxriy mehmon Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasida bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, mamlakat shaxmat federaciyasi raisi Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi.


Uchrashuvda Innovacion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov hamda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovlar ham ishtirok etdi.

Samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda A.Abduxakimov so'nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan shaxmatga alohida etibor qaratilayotganligi, buning natijasida Vatanimiz sportchilari xalqaro maydonlarda yuksak natijalar qayd etib kelayotganligini mamnuniyat bilan takidladi.

Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «SHaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori bilan O'zbekistonda shaxmatni rivojlantirishning o'ziga xos mexanizmi yaratilganligi, natijada yaqin kelajakda mamlakatimiz dunyoda shaxmati rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishga intilayotganligini ham aytib o'tdi.

FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich yurtimizda shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan etibordan mumnun ekanligini takidlab, yosh shaxmatchilarimizning xalqaro maydonlarda qozonib kelayotgan g'alabalarini etirof etdi. Qolaversa, iqtidorli yosh grossmeysterlar yordamida O'zbekiston yaqin kelajakda yanada yorqin g'alabalarni qo'lga kiritishiga ishonishini bildirdi.

SHuningdek, mamlakatimizda shaxmatni rivojlantirish borasida FIDE tomoni O'zbekiston shaxmat federaciyasi bilan amaliy hamkorlik qilishga tayyor ekanligini malum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro sovg'alar almashdi.

Takidlash joiz, bugun Toshkentdagi «O'zekspomarkaz» Milliy ko'rgazmalar markazida ilk bor «INNOPROM. O'zbekistonda katta sanoat haftaligi» xalqaro sanoat ko'rgazmasi o'z ishini boshladi. Rossiya Federaciyasining «Skolkovo» jamg'armasi raisi Arkadiy Dvorkovich yurtimizga tashriffi davomida ushbu tadbirda ham ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing