So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

27 may 19:35
Yangiliklar

Futbol

"Bosimni unuting, zavq oling!" - CHililik ekspert mundialda O'zbekistondan nima kutmoqda?

O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionati final bosqichida ishtirok etish uchun- AQSHga etib bordi.

Uzoq yillik orzu va millionlab muxlislarning intizorlik bilan kutgan damlari nihoyat haqiqatga aylandi. Endilikda nafaqat o'zbek futboli ishqibozlari, balki butun jahon Okean ortiga etib kelgan debyutant — "oq bo'rilar" ning har bir qadamini diqqat bilan kuzatishi tabiiy.

Mazkur tarixiy voqelikka chililik futbol eksperti, "Bunyodkor" sobiq legioneri Xose Luis Vilyanueva ham o'z munosabatini bildirdi.

— Xose, avvalo bugungi kundagi faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz. Eshitishimizcha, okean ortida yangi loyiha ustida ishlayapsiz?

— Salom! Hozirda men Floridada yashayapman va bor etiborimni o'zimning asosiy loyiham — "Golazo Training"ga qaratganman. Mening bosh maqsadim — u xuddi "Uber" tizimi kabi o'yinchilar va murabbiylarni o'zaro bog'laydigan platformadir. Ushbu platforma murabbiylar uchun bevosita maydonda o'tkaziladigan tayyor mashg'ulot dasturlarini taqdim etadi. Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng, o'z tajribam bilan o'rtoqlashish va "Golazo Training" orqali yangi avlodning futboldan zavq olishiga ko'maklashish menga juda katta zavq bag'ishlamoqda.

Aytgancha, menda maxsus taklif bor! 17 iyun kuni Meksikada, O'zbekiston — Kolumbiya uchrashuvidan biroz oldin, o'zbekistonlik muxlislar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchiman. Bu juda qiziqarli futbol tajribasi bo'ladi. Agar o'sha vaqtda Meksikada bo'lsangiz va bizga qo'shilishni yoki o'ynashni istasangiz, iltimos, men bilan “Instagram” da @joselovillanueva profili orqali bog'laning. U erda ko'plab o'zbekistonlik muxlislarni ko'rishdan mamnun bo'lardim!

— O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma oldi va ayni damda musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Ushbu tarixiy voqelikni qanday kutib oldingiz?

— Men O'zbekiston uchun juda xursandman! Men u erda "Bunyodkor" safida o'ynaganman, shuning uchun futbol odamlar uchun qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini bilaman. Tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma olish — bu ulkan voqea. Jamoani, ularni olib chiqqan Timur Kapadzeni va barcha muxlislarni tabriklayman!

— Bugungi O'zbekiston terma jamoasi tarkibidan qaysi futbolchilarni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz? Kimlar Jahon chempionatida jamoa etakchisi bo'la oladi?

— Menimcha, Eldor SHomurodov juda muhim rol o'ynaydi — u tajribali va gollar uradi. SHuningdek, "Manchester Siti"dan Abduqodir Husanov — u yosh, kuchli va yuqori darajada to'p tepmoqda. "Bunyodkor" dagi vaqtimdan ko'plab futbolchilarni taniyman. O'zbekistonda mahoratli, texnikasi kuchli o'yinchilar bor.



— "Oq bo'rilar" joy olgan guruh (Portugaliya, Kolumbiya, Kongo) ancha murakkab ko'rinmoqda. Jamoamizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

— Bu juda qiyin guruh. Portugaliyada Ronaldu bor, Kolumbiya har doim kuchli, Kongo esa jismonan baquvvat. Oson bo'lmaydi, lekin futbolda har narsa bo'lishi mumkin. O'zbekiston bor kuchini ko'rsatishga, ochkolar ishlashga va bu tajribadan zavqlanishga harakat qilishi kerak. Eng muhimi — o'rganish va kelajak uchun o'sishga erishish.

— O'zbekistonda o'tkazgan yillaringizni tez-tez eslab turasizmi? Xotirangizda eng yorqin muhrlanib qolgan voqea qaysi?

— Ha, men bu haqda tez-tez o'ylab turaman. "Bunyodkor" da o'tkazgan vaqtim juda o'zgacha edi. Debyut o'yinimda, ashaddiy muxlislar qarshisida "Paxtakor"ga gol urganim — hech qachon unutmaydigan xotiramdir. Men hamon "Bunyodkor"ni va o'zbek futbolini mehr bilan kuzatib boraman.

 Bu Jahon chempionatida O'zbekistondan tashqari yana qaysi terma jamoalarni tomosha qilasiz? Sizning sevimli uchligingiz kimlar?

— Mening eng sevimli 3 ta terma jamoam:

Braziliya — bilmadim, Rivaldo bilan munosabatim tufayli Braziliyani yaxshi ko'raman.

Ispaniya — ular chiroyli futbol o'ynashadi va ko'plab iqtidorli futbolchilarga ega.

Argentina — ular kuchli va tajribali. Messi tarix yaratishda davom etishi mumkin. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing