So’nggi yangiliklar

19:20Икки нафар боксчимиз Осиё чемпионати финалида, яна икки нафарида бронза 0 18:50Тимофеева Австрия турнири саралаши финалида кортга чиқди 0 18:26Нейт Диасга Конор Макгрегор билан жанг таклиф қилинди(ми?) 0 18:01Абдуқодир Ҳусанов: "Пеп Гвардиоладан жуда миннатдорман" 0 17:39"Махачев кучлими ёки Нурмагомедов?" - Царукян жавоб берди 0 17:17Дана Уайт UFC жангчилари шартномалари бўйича музокаралардан четлашганини айтди 0 16:52UFC чемпиони Том Аспиналл енгил машғулотларни бошлаганини айтди 0 16:30Хосе Мария Мендес: "Ўзбекистон футзалидаги яна бир янги саҳифани бошлашдан хурсандман" 0 16:01"Энди бу билан шуғулланишни истамайман" - Чисора фаолиятини якунлаганини тасдиқлади 0 15:39Арман Царукян Махачев — Топурия эҳтимолий жангининг ғолибини айтди 0 15:16Расман! Достон Бозоров Mangu 2 турнирида жанг қилади. Рақиб ҳам маълум (ПОСТЕР) 0 14:55Валерий Кечинов: "Жаҳон чемпионатида Ўзбекистонга қарши ўйнаш ҳеч кимга, ҳатто Португалияга ҳам осон бўлмайди" 0 14:34Маҳмуд Мурадов ўзининг янги Лигасига асос солди 0 14:13Камшибек Конкабаев проф фаолиятини янги босқичга кўтариш учун Лондонга келди (ФОТО) 0 13:52“Янги Ўзбекистон талабалар Олимпиадаси”га старт берилди 0

16 fev 09:10
Yangiliklar

BO'SMlar ish faoliyati samaradorligi doimiy nazorat qilinadi

Takidlash joiz, so'nggi vaqtlarda mamlakatimizda trenerlar mehnatini munosib rag'batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi bolalar-o'smirlar sport maktablari muhim o'rin tutadi. SHu sababli vazirlik tomonidan milliy terma jamoalarimizga iqtidorli yoshlarni tarbiyalab beruvchi tayanch maskanlar sanaladigan BO'SMlar faoliyatida ish samaradorligini oshirish, trenerlarning masuliyat hissini kuchaytirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Takidlash joiz, so'nggi vaqtlarda mamlakatimizda trenerlar mehnatini munosib rag'batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. SHu maqsadda ularning maoshi oshirildi hamda qo'shimcha rag'batlantirish tizimi yo'lga qo'yildi. O'z navbatida trenerlar umumtalim maktablari hamda mahallama mahalla yurib, iqtidorli yoshlarni izlab topishi va ularni katta sportga yo'naltirishi lozim.

SHunga qaramay sohada ayrim muammo va kamchiliklar ham ko'zga tashlanmoqda. Kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati mavjud vaziyatni o'rganish va tahlil qilish, sportchi yoshlar bilan uchrashish maqsadida Toshkent shahridagi bir qator BO'SMlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

SHuningdek, Uchtepa tuman 1-sonli BO'SMda vazirlik mutasaddilari bilan sport talim muassasalarining trenerlari, uslubchilari va mutaxassislar ishtirokida samimiy muloqot tashkil etildi. Unda BO'SMlar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, istedodli yoshlarni izlab topish hamda ularni katta sportga yo'naltirishdagi ishlarni kuchaytirish, yosh avlod orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish kabi masalalar yuzasidan o'zaro fikr almashilib, chora-tadbirlar belgilandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing