14 noy 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Botir Ahmedov Bektemir Meliqo'ziev hamrohligida ochiq mashg'ulot o'tkazdi
Birinchi yarimo'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan hamyurtimiz Botir Ahmedov 16 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga chiqadi.
Bir necha bor chempionlik kamarlari uchun jang o'tkazgan charm qo'lqop ustamizning bu safargi jangi ham xuddi shunday maqomda bo'ladi. U WBA kamari uchun Eliminator jangida meksikalik Oskar Duartega qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu jang oldidan Botir Ahmedov ochiq rasmiy mashg'ulotda ishtirok etdi. Unga Bektemir Meliqo'ziev hamrohlik qildi. CHarm qo'lqop ustamizning raqibi so'nggi jangini shu yilning aprelida amerikalik sobiq jahon chempioni Jozef Diasga qarshi o'tkazib, uni to'qqizinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
14:55
Madrimovning vaznidagi qozog'istonlik bokschi prof faoliyatida ilk bor g'alaba qozona olmadi 0
Fikrlar