21 iyu 05:31
Yangiliklar
Sport kurashlari
Botirovda oltin, G'aniev bronza medalini qo'lga kiritdi. Budapeshtda xalqaro reyting turniri yakunlandi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo'yicha UWW reyting Seriyasi turkumiga kiruvchi musobaqa o'tkazildi.
Xabar berganimizdek, musobaqaning yunon-rum kurashi bo'yicha bahslarida terma jamoamiz azolari ham ishtirok etishdi.
Ahamiyatlisi, turnir davomida 55 kg vazn toifasidagi "klassik" kurashchimiz Ixtiyor Botirov finalga qadar etib bordi va hal qiluvchi bellashuvda amerikalik Endryu Bredi ustidan g'alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.

Bundan tashqari, 60 kg vazn toifasida terma jamoamiz azosi Alisher G'aniev o'z hisobiga bronza medalini yozib qo'ydi.

Havola :
Manba : UWW_UZB
Fikrlar