So’nggi yangiliklar

23:58"Ролан Гаррос". Деярли ярим асрлик рекордни янгилаган даҳшатли финал якунланди 0 23:01Кайла Харрисоннинг бугунги ғалабасидан кейин Аманда Нуньес октагонга қайтишини эълон қилди 0 22:34Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди + ФОТО 0 21:43“Eindhoven Cup”. Абдумалик Ҳалоков финал чиптаси учун рингга кўтарилди 0 20:47Токиода икки чемпион ўртасида бирлаштирувчи дерби жанги бўлиб ўтди 0 19:57Жисмоний тарбия ва спорт таълими доимий эътиборда 0 19:18Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин 0 18:40Мозес Итаума Диллиан Уайт билан жанг ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 18:07Боб Арум: "Кўпчилик у Иноуэни мағлуб этишига ишоняпти" 0 17:38Жаҳонгир Жумаев ва Суҳроббек Атажанов UAE Warriors 60 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 17:03ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди? 0 16:32Рамазон Темиров Таиландда Холмурод Нурматов билан бирга шуғулланяпти (ФОТО) 0 15:58Боб Арум: "Ломаченконинг муаммолари бор" 0 15:27UFC 316 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 14:53Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради 0

01 sen 08:05
Yangiliklar

Boks/MMA, Osiyo o'yinlari

Boxing day! Incheondan Jakartagacha bo'lgan super kun prevyusi

Teglar :  BoksOsiyo o'yinlari
Futbol tilida boxing day nimani anglatishini barchamiz bilamiz. Angliya futbol haftaligi barchamizni tv qarshisiga mixlab qo'yadi.

Bugun ham shunday kun ostonasida turibmiz, faqat angliyaliklar emas, o'zimizning shunqorlar TV qarshisidan qo'zg'almaslikka majbur etadilar.

2014 yil Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo'lib o'tgan boks bahslarining barchasini alam bilan eslayman va buni jonli ko'rish yanada alamli edi. O'sha yili barchadan ertaroq Janubiy Koreyaga etib bordim. Sababi futbol boshqa sport turlariga qaraganda avvalroq boshlanardi. Bu galgidan farqli ravishda boks ham musobaqaning boshlang'ich dasturidan o'rin olgandi. Keyinchalik olimpiada sovrindorlariga aylangan hamyurtlarimiz birin ketin musobaqaning alamli mag'lubiyatlariga uchragan edilar. Usha haftalikda hakamlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni bir so'z bilan ifoda qilib bo'lmaydi. Qozog'iston terma jamoasidan tashqari, mezbonlar foydasiga juda ko'plab o'zbekning zarbalari inobatga olinmagan haftalik edi.

Hammasi 56 kg vaznda birinchi janginini o'zidayoq ringdan musobaqani tark etgan Murodjon Axmadalievga qilingan adolatsizliklar bilan boshlangan edi. Xitoylik Zang Jiaviga qarshi jangda ustunlikka ega bo'lishiga karamay 0:3 hisobida mag'lubiyat yozildi. Zangni qo'llab-quvvatlashdan maqsad, qura setkasiga ko'ra koreyalik Xam San Mengga finalda osonroq raqibni qo'yib berish edi va bu ish samarasini bergan. Zang qolgan bahslarda ham qiynalmay g'alabalarga erishib finalda koreyalik bokschiga mag'lubiyatga uchradi. Oradan ikki yil o'tib adolat qaror topdi bu ikki sportchidan farqli Ahmadaliev olimpiadada shoxsupaning uchinchi o'rinida bayrog'ini xilpirata oldi.

O'sha kun yodimda. Delegaciya bilan arenadan chiqqanimizdan so'ng bokschilarimizni esdalik uchun suratga oldim. Mars Qo'chqorov va To'lqin Qilichev Ahmadalievga hali hammasi oldinda ekanligini aytishdi.

Keyingi natijalar ko'z yosh to'kishga majbur qildi. Ayniqsa bir amallab finalga etib olgan SHahobiddin Zoirov va Isroil Madrimov qozog'istonliklarga qarshi ringga chiqadi. Hamon yodimda, jang tugagach men bilan birga bahsni tomosha qilgan qozog'istonlik fotomuxbir «segodnya vas zasudili» deb tinchlantirib chiqib ketdi. Alam bilan yozgan makolamdan boshqa tinchlantiradigan vosita topa olmagan edim o'sha daqiqalarda.

«Google»dan Sarita Devi Incheon 2014 deb qidiruv tugmasini bosing. Park Jin Ani 1/2 final bahsida faqatgina nokautga uchratmagan edi. Lekin shu kuni hakamlar tomonidan qabul qilingan qaror musobaqaning barcha muxlislarining etiroziga sabab bo'lgandi. Taqdirlash marosimida o'ziga taqilaetgan medalni taquvchining qo'lidan olib finalda bari-bir yutqazgan koreyalik sportchining bo'yniga taqib qo'ygani millionlab «prosmotr»larga sabab bo'lgandi.

Bugungi kunni 4 yil kutdim. Rioda asosiy raqib Kubani mag'lub eta olganimizdek, qitadagi asosiy rakibimiz Qozog'iston terma jamoasini yirik hisobda maglubiyatga uchratishga yaqin turibmiz.

SHaxsan o'zim Boku finalidagi chiqishidan keyin Bobousmon Baturovning muxlisiga aylanganman. Bugun imkon qadar barcha oltinlar bizniki bo'lishini istardik!

Boksimizda bo'laetgan ijobiy o'zgarishlar zamirida ko'plab insonlarning mehnati yotibdi. Ularga o'z minnatdorchiligimizni aytaman.

Nodirxo'ja Yuldashev



Incheon 2014. OS arxivi. Bugun faqat bizning qo'llarimiz balandga ko'tarilishi kerak!

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
01 sen 09:33:01
Bek
Яхши мақола. Бугунги финал олдидан шуни айтиш мумкинки, бизнинг боксчилар томонидан қўлга киритиладиган медаллар қанчаси олтин ёки кумуш бўлишидан қатъий назар, мазкур Осиё ўйинлари биз учун жуда омадли якунланди. Лекин шу нарсани алам билан таъкидлаш мумкинки, ушбу эришилган натижаларни ён қўшниларимиз томонидан кўра олинмаётганлиги ёки бу мувафақиятлар заминида фақатгина коррупция ва AIBA раҳбари сифатида фаолият юритаётган ўзбек мафияси Ғофур Рахимов ёрдами эвазига амалга оширилмоқда деб бонг урилиши ачинарли ҳолат. Улар томонидан билдирилаётган фикрлар бунга мисол бўла олади. Лекин қўшниларимиз бир нарсани эътибордан четда қолдирмоқда. 2013 йил Алматада бўлиб ўтган жахон чемпионатида қозоқлар томонидан шубхали тарзда қўлга киритилган 5 та олтин медал, нима учун 2 йилдан сўнг Дохадаги жахон чемпионатида хатто 20 % гаям такрорланмади, яъни қозоқлар 1 дона олтин медални қўлга кирита олмади. Ёки бугунги кунда Қозоғистон бокс федарациясига қозоқ мафияси ва бизнесмени Темур Кулибаев хомийлик қилиши ёки Осиё бокс конфедерациясига Серик Конакбоевнинг раҳбарлик қилиши биз учун янгилик эмаску. Хурматли спорт журналистлари сизлардан шу каби мақолаларни кўпроқ ёзишингларни ва аслида бизнинг спортимиз айниқса боксдаги ривожланиш фақат захматли мехнат эвазига эришилганлигини бир қатор аргументлар ва таҳлиллар орқали исботлаб халққа етказиб бера олишларингни сўрайман. Чунки хозирги кундаги қозоқ ОАВларидаги провакацион мақолалар бокс мухлислари олдида иккиланиш хиссини юзага келишига сабаб бўлиши мумкин. Бугунги финал олдидан эса боксчиларисиз томонидан 4 та олтин медал қўлга киритилишини прогноз қилдим. Омад боксчиларимизга.
   
01 sen 13:04:24
AlOk
Ҳасанбой ютқаздими
   
01 sen 10:43:02
Кунград
Ажойиб макола Рахмат Нодирхужа
   
01 sen 08:54:19
BEKSULTON
Mana shunaqangi vatanparvarlik ruhida yozilgan maqolalar va materiallar yetishmayapti bizning axborot vositalarimizga. Televizorni-ku, aytmay qo'ya qolay. Bir-biridan sifatsiz, ertaknamo gaplar. Bu ertaklarning o'rniga haqiqiy odamlad haqida roliklar tayyorlash kerak. Xalq shu rolik orqali sportchiga yoki sportga mehri uyg'onsin. Ana shundagina Sport sohasida bu dan-da yuqori cho'qqilarga erishsa bo'ladi. Odamlar sportdagi gaplarni ko'chada gapirib yurishlari kerak. O'zimizning sportchilarni, qayoqda yo'q Real Madrid yoki Barcelonani emas.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing