04 may 14:20
Yangiliklar
Kurash
"Boysun bahori" festivali doirasida o'tkazilgan kurash musobaqasi g'olibiga "Onix" avtomobili topshirildi + FOTO
Surxondaryo viloyatida "Boysun bahori" xalqaro festivali doirasida kurash musobaqasi tashkil etildi.
Ahamiyatlisi, erkaklar o'rtasida mutlaq vazn toifasida o'tkazilgan bellashuvlar g'olibi Bekmurod Oltiboevga tashkilotchilar tomonidan "Onix" avtomobili kaliti topshirildi.
Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan Muhammadkarim Xurramov esa 10 mln so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Uchinchi o'rin sohiblari Abduzohid Xusaynov va Jahongir Mamatrahimov esa 5 mln sum pul mukofotini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : kurashnews
Fikrlar