08 jan 07:19
Yangiliklar
Futbol

Braim Dias: "Oldimda uchta variant bor edi"
"Real"ning yangi futbolchisi Dias "Qirollik klubi"ga o'tgani borasida fikr bildirdi.
"Bolaligimda o'ynashni orzu qilgan klubga o'tmoqdaman. "Manchester Siti"dan ketgan vaqtimda, oldimda uchta variant bor edi: "Real", "Real" va yana "Real", — deya aytib o'tdi 19 yoshli Dias.
Madridliklar ispaniyalik hujumchini 15 million evroga sotib olishdi. Uning o'yiniga qarab “Siti” kelajakda yana 7 mln evro bonusga ega bo'lishi mumkin. Dias “Real” bilan 2025 yil yozigacha mo'ljallangan 5,5 yillik shartnoma imzolaydi. Dias o'zi orzu qilgan jamoasida 21-raqamda harakat qiladi.
Havola :
Fikrlar